Главная » 2017 » Март » 16 » Bahouddin Naqshband majmuasi
11:48
Bahouddin Naqshband majmuasi

Bahouddin majmuasi — shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrugʻi bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 — 45 y.larda majmuaning eng katta binosi — xonaqoh qurilgan. B. m. daxmalar (Daxmai shohon va Baho-uddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan ibo-rat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan oʻtgach, oʻngda kichkina masjid, chap to-monda ziyoratchilar uchun turli binolar boʻlganligi maʼlum. Yoʻl davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, bal. 2.5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar oʻymakorligi, xattotlik saiʼ-atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar oʻyilgan; naqshlar baʼzida yozuvlar bilan aralash uchraydi. Daxmai shohondan oʻtgan yoʻlak nafis bezatilgan peshtoqqa olib keladi (peshtoqning ikki tabaqali eshigiga «bagʻdodi» va «guli nav» usulida naqshlar oʻyilgan). Peshtoqning eshigidan oʻtilgach, oʻngda gumbazli mak-bara bor (unga kim dafn qilinganligi nomaʼlum). Chapda — kiraverishda 6 us-tunli (soddagina), oldi ayvonli Mu-zaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qushbegi masjidi tushgan (masjid mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning jan.da naqshdor, shim.da naqshsiz ayvonlar bor. Bahouddin dax.masi marmar qoplangan kattagina murabba tarhli supa boʻlib, atrofi chiroyli marmar panjara bilan oʻralgan. Undan sal nari, shim.da—tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz, uning shim. tomonida kichikroq, koʻrkam chortoq saqoxona bor. Bahouddin daxmasi bilan hovuz oraligʻida quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda «muqaddas» suv ulashilgan.
Haqim qushbegi masjidining shim. da koʻrimsizgina bir minora, undan narida hovlidagi hovuzdan 3 baravar katta boshqa hovuz bor. Hovlining tashqarisi (shim.-gʻarbi)da turtburchak supa ustida xonaqoh (eni 37 m, boʻyi 40 m li) qad koʻtargan. Markazida atrofi pesh-toq ravokli ayvonlar bilan oʻralgan masjid, uning toʻrida chorzamin uslubida ishlangan qirma naqshli mehrob mavjud. Imoratning har ikki tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli kattakichik hujralar boʻlgan. B. m.ga undan 0,5 km shim.-sharqda joylashgan «Qasri Orifon» masjidi ham kiradi; uning yonida pastakkina minora bor. Masjid 3 tarafdan ayvoy bilan oʻralgan; shipi naqsh tushirilgan hovuzaklik. B. m. 16-a. msʼmorligining yangicha ansambl tu-zishda erishilgan yutuqdaridan namuna boʻlib, qoʻsh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi.

Категория: Ўзбек тилида янгиликлар | Просмотров: 111 | Добавил: admin-1 | Теги: Bahouddin Naqshband | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]