Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Qosim Shayx maqbarasi
20:28
Qosim Shayx maqbarasi

Qosim Shayx maqbarasi Navoiy shahrida joylashgan qadimiy obidadir. Ushbu qadimiy obida masjid, ziyoratchilar uchun xonaqoh va ikkta o’z ichiga qamrab olgan.
Maqbara 1571- yilda qurila boshlangan. Saqlanib qolgan yilnomalarga ko’ra, Qosim Shayx Azizon Karminagiy(1500/1578-79 yy.) O’rta Osiyoning mashhur diniy-siyosiy rahnomalaridan bo’lib, sarhalqasi Xo’ja Ahmad Yassaviy bo’lgan.
Qosim Shayx hazratlari Movarounnahrda taxt uchun kurash davrida o’zlarining tinchliksevarlikka qaratilgan faoliyatlari bilan xalq orasida mashhur bo’lganlar.
U Samarqand, Toshkent va Turkiston harbiy kuchlaridan tuzilgan qo’shinga qarshi jangda Abdullaxon II ga yordam beradi. Qosim Shayx hazratlari harbiy harakatlarda ishtirok etganlar v axon oila a’zolari va xizmatkorlarini qal’a ostiga berkitganlar.
1579-yilda Qosim Shayx hazratlari noma’lum sabablar bilan vafot etganlar va xazir markaziga dafn qilinganlar. Qabrlari ustiga marmardan ishlangan ulkan dahma o’rnatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, maqbara hududidagi birinchi bino aynan Qosim Shayx Azizon tomonidan qurdirilgan ekan va bu bino vafotlariga qadar madrasa vazifasini o’tagan. Ushbu binodan namozgoh sifatida foydalanilganligi haqida ma’lumotlar ham mavjud. Ramazon-hayit, Qurbon-hayit bayramlarida bu yerda ommaviy namoz o’qilgan.
Qosim Shayx hazratlari vafotidan bir yil o’tgandan so’ng Abdullaxon II qabrni ziyorat qilgani keladi va o’sha yerda ma’raka o’tkazib, xazir yonida xonaqoh (ziyoratgoh) qurilishini boshlaydi. Keyinchalik Qosim Shayx qabri yoniga uning izdoshlari ham dafn qilingan.
XVI asr oxirida masjid qurilgan. Masjidning qurilishida pishiq g’ishtdan foydalanilgan. Masjid kvadrat shaklida bo’lib, katta gumbazi ham bor.
1910-yilda Buhoro amirligining so’ngi hukmdori Abd al-Ahadvafot etadi. U ham Qosim Shayx maqbarasi yonida dafn qilingan. Amir avval g’ishtli sag’anada dafn qilingan bo’lgan, so’ng qabr ustiga marmardan ishlangan qabr toshi ya’ni dahma o’rnatilgan. Qurilish ishlari bir yil mobaynida davom etgan. Bu vaqt ichida maqbara hududi kengaytirilgan. Masjidning janubiy tomonida 2000 kishini sig’dira oladigan toshdan qurilgan maydon barpo etilgan.
Bugungi kunda Qosim Shayx maqbarasi 2000ta artefaktni o’zida mujassamlashtirgan muzeyni, maraka-marosimlarni o’tkazishga mo’ljallangan ehsonxonani, masjid imomi turargohini va mevali bog’ni o’z ichiga qamrab olgan.
Masjidning markaziy kirish qismi mukammal tarzda ishlangan arka va arab tilida yozilgan yozuvlardan iborat. Masjidning ichki devorlari, ustunlari oq rangda bo’lib, o’yma naqshli ganchlardan iborat.

Категория: Ўзбек тилида янгиликлар | Просмотров: 140 | Добавил: admin-1 | Теги: Qosim Shayx maqbarasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]